Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Toşkent, Samarqand va Toşkent viloyatida bir qator mansabdor şaxslar pora bilan uşlandi

Video22-aprel, 2025, 09:194 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Korrupsion holatlar:

➖ Toşkentdagi tumanlardan birining maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği umumiy örta taʼlim maktabida tarix fanidan saboq beruvçi öqituvçini mazkur tumandagi maktablardan biriga direktor lavozimiga tayinlaş evaziga öz xizmat xonasida 3 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

***

➖ Toşkent viloyatidagi “Yangiyöl” TIF bojxona posti inspektori Qozoğistondan buğdoy olib kelib, qayta işlaş bilan şuğullanuvçi MÇJ tomonidan qöşni davlatdan temir yöl orqali olib kirilayotgan buğdoy mahsulotlari ortilgan vagonlarni bojxona körigi hamda rasmiylaştiruvidan muommosiz ötkazib beriş evaziga uçinçi şaxs orqali 2700 dollar olgan vaqtida uşlandi.

***

➖ Samarqand viloyati Jomboy tumani FVB boşliği fuqaroga yaşaş xonadonida xususiy maktabgaça taʼlim muassasasi oçişi uçun uning turar-joyini yonğin xavfsizligi talablariga muvofiqligi töğrisida xulosa beriş va kelgusida rahnamolik qiliş evaziga 200 dollar olgan vaqtida uşlandi.

***

➖ Samarqand viloyati Paxtaçi tumani Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi bölimi boşliği mahalliy MÇJga tumanda karyer faoliyatini amalga oşirişi uçun ekologik xulosa beriş, Qarnab qişloğidagi “Nakvoysoy” hududidan toş-şağal qazib olişiga ruxsat beriş hamda kelgusida MÇJ faoliyatiga rahnamolik qiliş uçun 2 ming dollar olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur mansabdor şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek