Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

UzBMB huquq fanidan savollar yuzasidan bayonot berdi

Foto16-iyul, 2024, 14:473 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

UzBMB huquq fanidan savollar yuzasidan bayonot berdi. Bayonot yolğon va safsatadan iborat

Xullas, bayonotda 2 ta masala aytilgan:

1) qonun hujjatlaridan savol tuzişimiz mumkin — bu YOLĞON;

2) savollarimiz "çyotkiy", heç qanaqa muammosi yöq — bu SAFSATA.

Birinçi yolğonga kelsak, UzBMB saytida huquqşunoslik fanidan tavsiya etilgan adabiyotlar röyxatida faqat 5 ta manba berilgan xolos. Ularning 4 tasi darslik, 1 tasi Özbekiston Konstitutsiyasi.

Uşbu manbalarda mavjud bölmagan birorta savol berişga UzBMBning haqqi yöq.

Pastda kiçkina izohda aytilgan gapni esa mutlaqo notöğri talqin qilişyapti. Yaʼni izohda savollar eng oxirgi özgariş va qöşimçalarni inobatga olib tuziladi deyilgan. Lekin bu degani biz istalgan normativ-huquqiy hujjatdan savol tuzişga haqqimiz bor, degani emas. Bu şunçaki yuqoridagi 5 ta manbadan savol tuzilayotganda qonunçilikdagi özgarişlarga qaraymiz degani.

Masalan, 3 yil oldin çiqqan darslikda senatorlar soni 100 ta körsatilgan bölsa, bugungi kunda ularning soni 65 nafarga tuşgan. Demak, şunaqa payti darslikdagi eski maʼlumotdan savol tuzilmaydi, degani.

Ammo UzBMBdagi "aqllilar" öziça bu izohni istalgan qonun hujjatidan savol tuza olamiz, deb öylaşibdi.

Lex.uz saytida 132 mingdan ortiq hujjat bor. Sal kallani işlatsanglar bölmaydimi? Qanaqa qilib, abituriyent 132 mingta hujjatni öqib çiqadi? Abituriyent Yer kodeksidan yoki Byudjet qonunidan savol tuşişini qayerdan bilsin?

Xullas, UzBMBning bu işi huquqiy asosga ega emas va bu qonun buzilişi, deb baholanişi kerak.

Ikkinçi safsataga kelsak, UzBMB savolda qaysidir qilmiş uçun Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda qanaqa jazo berilgani, yaʼni sanksiyasi söralganini töğri deb hisoblaşini aytibdi.

Böpti, kelişdik, bitta iş qilamiz. Agar Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov, Oliy sud raisi Baxtiyor Islamov, Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev, Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov JK va MJtKdagi hamma moddaning sanksiyasini yoddan bilsa, men şunçaki qoyil qolaman va adaşibman deb uzr sörayman. Agar ular ham yoddan bilmasa, unda UzBMB xatosini tan oladi, kelişdikmi?

Bilaman, men aytgan işni amalga oşirib bölmaydi. Bu misolni şunçaki bironta sudya, prokuror yoki tergovçi kodekslardagi sanksiyalarni yodlamasligini tuşuntiriş uçun aytdim.

Sanksiyalar yuridik oliygoh talabalariga ham yodlatilmaydi, sanksiyalar sudyalar va organ xodimlarining imtihon va attestatsiyalarida ham söralmaydi. Umuman yuristlar orasida sanksiya yodlaş degan amaliyot yöq, baraka topgurlar!

Qaysi "farzandi yöq" ekspert abituriyentlar uçun bunaqa savollarni tuzdi, qaysi "miyasi ötlagan" kottakon bunaqa savollarni tasdiqladi, hayronman.

Bu Yangi Özbekistonda yangiça muhit olib kirişni maqsad qilgan yangi davr test tizimi uçun şarmandalikdan boşqa narsa emas.

Özimiz yoşlarga şunaqa ahmoqona savollarni beramiz-da, keyin PISA kabi xalqaro imtihonlarda öquvçilarimizning fikrlaşi eng oxirgi örinlarda ekanidan hayron bölamiz. Aslida mana şunaqa savollar tuşayotgan test tizimi yoşlarimizni zombiga aylantirib, mantiqiy fikrlaşini öldiryapti.

Uyalinglarey... Yana özini oqlaşiga ölamanmi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek