Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Kökdala tumani hokim örinbosari va boşqa mansabdorlar pora bilan uşlandi

Video15-aprel, 2024, 10:445 daqiqa0 koʻrish

➖ Qaşqadaryo viloyati Kökdala tumani hokim örinbosari plyonka mahsulotlari işlab çiqaruvçi xususiy korxonani mahalliy dehqonlarga plyonka yetkazib beruvçi taʼminotçi sifatida tayinlaş evaziga 5 ming dollar talab qilgan. Söralgan puldan 15 mln söm olgan vaqtida uşlandi.

Tekşiruv davomida hokim örinbosari avval 10 mln söm olganligi maʼlum böldi. U muqaddam ham sudlangan.

➖ Andijon şahrida yölovçi taşiş bilan şuğullanuvçi MÇJ rahbari özining mansabdor tanişlari orqali mahalliy fuqaro nomiga masʼuliyati çeklangan jamiyat taşkil etib, “Eski şahar – Oltinköl” yönalişida yölovçi taşiş uçun ötkazilişi rejalaştirilgan tenderda ğoliblikni qölga kiritib beriş evaziga 7500 dollar talab qiladi. U söralgan pul mablağini olgan vaqtida qölga olindi.

Tekşiruvlarda Andijon viloyati transport boşqarmasi boşliği v.v.b. lavozimidagi şaxsning ham uşbu işga aloqadorligi aniqlanib, protsessual tartibda uşlangan. U ham muqaddam sudlangan.

➖ Majburiy ijro byurosining Toşkent şahar boşqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati iş yurituvidagi parrandaçilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln 108 ming 629 dollar va 265 ming 187 yevro qarzdorlikni undiriş töğrisidagi ijro işida, korxonaga tegişli köçmas mulklarni baholaş işlari uçun xizmat haqini baholaş firmasi foydasiga oşirilgan narxda körsatgan. Bank tomonidan baholaş firmasi hisobiga ötkazilgan ortiqça pul mablağidan 2500 dollar olgan vaqtida uşlandi.

➖ Farğona viloyati Yozyovon tumani hokimligi qoşidagi “Xöjalik hisobidagi uy-joylarni röyxatga oliş, almaştiriş va taqsimlaş” bölimi boşliği tanişlari orqali mahalliy fuqaroning xonadoni uçun order va kadastr hujjatlarini tayyorlab beriş evaziga 2500 dollar olgan vaqtida qölga tuşgan.

Mazkur şaxslarning barçasiga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek