Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Eron Isroilga 200 dan ortiq raketa va dronlar bilan hujum qildi

Albom14-aprel, 2024, 08:212 daqiqa0 koʻrish

Eron Isroilga 200 dan ortiq raketa va dronlar bilan hujum qildi

Avvalroq Isroil Eronning Suriyadagi elçixonasiga zarba bergan, natijada Islom inqilobi qöriqçilari korpusining yuqori martabali qömondoni Muhammad Rizo Zahadiy öldirilgan edi. Eronning bugungi hujumi şunga javob sifatida amalga oşirilgan.

New York Timesʼning xabar berişiça, 5 soatga yaqin davom etgan havo hujumida Eron Isroil tomoniga 185 ta dronlar, 36 ta qanotli raketalar va 110 ta “yer-yer” turkumidagi raketalar uçirgan.

Isroil tomoni hujum natijasida katta talafot körilmagani va havo mudofaa tizimlari tomonidan raketalar urib tuşirilganini aytayotgan bölsa, Eron tomoni hujum muvaffaqiyatli bölganini taʼkidlamoqda.

Yaqin Şarqdagi havo sarhadlari yopilgan, aviakompaniyalar reyslarni bekor qilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek