Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

«Taşabbusli byudjet» jarayoniga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi

Hujjat16-yanvar, 2025, 13:451 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Tashabbusli byudjetga o'zgartirish qarori.pdf

PDF · 4,6 MB

Yuklab olish

❗️“Taşabbusli byudjet” jarayoniga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi 

Bu böyiça Oliy Majlis Senati Kengaşining qarori qabul qilindi. Unga köra:

❌ endilikda moliyaviy mustaqil bölgan OTMlarning uşbu jarayonlarda iştirok etişiga ruxsat berilmaydi;

❌ mablağlardan samarali foydalaniş hamda ijtimoiy muammolarga köproq eʼtibor qaratiş maqsadida taşkilotlar tomonidan barcha turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini taʼminlaşga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari, “svetofor”) rahbar xodimlar uçun mebel jihozlarini xarid qiliş taqiqlanadi;

💰 Şuningdek, har yili tuman va şahar byudjetidan 10 tadan kam bölmagan, köpi bilan 30 ta loyiha uçun yetarli mablağ ajratilişi belgilandi.

Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uçun mablağlar tuman yoki şahar aholisining tegişli hududdagi uluşidan kelib çiqib taqsimlanadi.

❗️Maʼlumot uçun: hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori çegaraviy qiymati 1,5 mlrd sömni taşkil etadi. Şunga köra, tuman va şahar byudjetidan ajratiladigan mablağlarning eng kam miqdori 15 mlrd söm, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd söm etib belgilandi. 

👉@xushnudbek👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek