«Taşabbusli byudjet bizga kerakmas, uni yöqotiş kerak» deyayotganlar, buning oqibatini tuşunmayapti
🤷♂️"Taşabbusli byudjet bizga kerakmas, uni yöqotiş kerak" deyayotganlar, buning oqibatini tuşunmayapti.
"Taşabbusli byudjet yopilsin" degan gapning maʼnosi faqat bitta:
❗️“Byudjet pullarini, yaʼni xalqning pulini qayerga işlatişni xalqqa işonib bölmaydi, byudjetni taqsimlaşni avvalgidek töliq hokimlar, vazirlar va boşqa amaldorlarga işonib topşiriş kerak. Xalqqa bunaqa vakolat berilişiga qarşiman, odamlar eplolmaydi yaxşisi bizni taqdirimizni jonajon amaldorlarimizning özi hal qilsin”, degani.
Ha, Sizlar aynan şunaqa deb qiçqiryapsizlar.
😠 Çunki Siz endigina xalqqa vakolat berilganda, uni yöqotişni xohlayapsiz. Xalqni yana öşa korrupsiyaga botgan tizimning qöliga topşirmoqçisiz. Taniş-bilişçilik va poraxörlik urçigan tizim natijasida 30 yilda asfalt bölmagan köçalar "Taşabbusli byudjet" orqali obod bölganini köra olmayapsiz. 30 yilda harobga aylangan maktablar "Taşabbusli byudjet" orqali odambaşara bölganini köra olmayapsiz.
😳 Boşqaça aytganda siz xalqqa emas, amaldorlarga döst ekansiz. Byudjetni notöğri taqsimlaydigan hokimlar tarafdori bölib, öz pulini özi hal qilayotgan xalqqa qarşi ekansiz.
Şuni tuşunib, bilib qilyapsizlarmi yoki bilmasdan şunaqa deyapsizlarmi, menga qoronğu.
❓Lekin tarafingizni aniqlaştirib oling: xalq tomonmisiz yoki amaldorlar?
💬 P/S: Qahramon Aslanovning Twitter’dagi fikri: “Agar Openbudjet otmen bölsa, u haqda salbiy fikr bildirganlar, "yaxşiroq bölişini xohlayman xolos" deb tanqid qilayotganlar, takomillaştiriş kerak deb kamçiliklarini körsatayotganlar,umuman hatto mem yo kulgili video qilib tarqatayotganlaram öz vijdonlari oldida javob berişlari kerak”.
P/S: Keça "Taşabbusli byudjet" haqida 1 soatlik podkast yozgandim, yuqoridagi video şundan parça. Töliğini tez orada eʼlon qilişga harakat qilamiz.
👉 @xushnudbek 👈

