Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Mavzuni davom ettirib: avtomonopoliya, bolalar xavfsizligi va sabablar bilan kuraşiş haqida

Matn31-mart, 2023, 16:272 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzMuallif «AVTO 60 OY» MÇJ işi misolida aholining moliyaviy savodxonligi, oson boyiş iştiyoqi va avtosanoatdagi monopoliya muammolarini tahlil qiladi.

Mavzuni davom ettirib: avtomonopoliya, bolalar xavfsizligi va sabablar bilan kuraşiş haqida

🚗 Monopoliya haqida

Avtomonopoliyani bekor qiliş haqida köp va xöb yozganmiz. Lekin şu çoqqaça bu borada birorta jiddiy özgariş bölmadi. Import bojlari yuqoriligiça saqlanib qolmoqda.

Töğri, kimlardir aytişi mumkin, mana, bozorga yangi brendlar kiryapti, taklif köpayapti deb. Ammo Kurbanoff taʼkidlaganidek, bu takliflar faqat qimmat maşinalar uçun xolos. Xalqçil, çöntakbop maşinalar Özbekistonda umuman yöq desak ham böladi.

Avtomonopoliyaning zarari va uni tezroq bekor qiliş haqida salkam 20 daqiqalik video ham qilgandik (köriş: https://youtu.be/wGieHL9Pv0Q).

👶🏻 Bolalar xavfsizligi haqida

Monopoliya nafaqat iqtisodiy zarar keltiryapti (“Avto 60 oy” 57 mlrd, keçagi guruh 12 mlrd söm va yana önlab şunaqa misollar), balki ijtimoiylaşib ham ketdi. Masalan, Nikita Makarenko köçalarimizda bolalar xavfsiz yura olmasligi, yöl transport hodisalari natijasida köplab bolalar vafot etayotgani haqida kuyunib yozmoqda. Şundan kelib çiqib, boşqa narsa esimga tuşdi.

Yaqinda bir yangilik qizğin muhokama böldi. Yaʼni endilikda maşina orqa örindiğidagi yoş bolalar ham bir kişi hisobiga ötadi, endi 3 kişi tizzasiga 3 nafar bolani ötirğizib olib yurişi qoidabuzarlik böladi. Bu köpçilikka yoqmadi, albatta.

Aslida uşbu qoidaning heç qanaqa notöğri joyi yöq. Butun dunyo tajribasidan kelib çiqib, bolalar xavfsizligi uçun qilinişi zarur bölgan çoralardan biri. Bolalar salomatligi va hayotini qadrlaydigan istalgan rivojlangan davlatda şunaqa.

Xorijda nafaqat yoş bola 1 kişi hisobiga ötadi, hattoki bolani maxsus avtokreslosiz olib yuriş ham taqiqlanadi. Endi bizda bu darajada majburiyat qöyişga hali biroz erta, çunki bu çöntakka yaxşigina zarba böladi. Undan köra, asta-sekin xalqqa foydasini tuşuntirib boriş kerak.

Har yili yöllarimizda minglab insonlar, şu jumladan yuzlab bolalar halok böladi. Yöllarimizning har qariçidan qon isi keladi. Ammo nima uçun bolalar xavfsizligiga oid bu qoida bunçalar keskin tanqid qilindi?

☝️Sabablar haqida

Xalqni tuşunmaslikda, yangiliklarni qabul qilmaslikda ayblaş oson. Ammo bu oqibat xolos. Ildiz sabablariga qaraş kerak.

Uşbu qoidaga eʼtiroz bildiruvçilar asosan 2 ta argument aytişdi: birinçisi — özbek bolajon xalq, oilada örtaça farzandlar soni bizda köproq. "Suyunçi" filmida aytilganidek, bizdaka serfarzand oilalar balki yana Afrikada bordir.

Ikkinçi va ENG ASOSIYSI — oilaviy, köp örindiqli maşinalar uçun bozorda deyarli heç qanaqa taklif yöq (Damasdan boşqa, lekin unga ham dahşat navbat). Bor takliflar ham xalqning çöntagiga töğri kelmaydi, lyuks klassdagi qimmat maşinalar. Şu sababli ham bunday qarorlarni, garçi u töğri bölsa ham, jamoatçilik qabul qilolmaydi.

Bu monopoliya zarari haqida mingdan bir misol xolos.

❓Xullas, yöğon içakday köp çözmasdan, gapning indallosini ayta qolay: avtomonopoliyani bekor qiliş vaqti kelmadimikin?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek