Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kuraşiş kerak

Albom5-avgust, 2025, 11:523 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kuraşiş kerak

Marhamat tumanidagi holatda maktab direktorining işdan böşatilişi — bu şunçaki, ildizi zararlangan tişni suğurib taşlaş xolos. Tişdan-ku qutuldik, lekin kasal ildiz baribir qoldi. U ertaga yana oğriq berişi tayin. Lekin birontamiz savol bermayapmizki, balki tiş soğlomdir, muammo ildizdadir?

Ildiz — bu nima? Bu — mahalliy byudjetdan maktablarni taʼmirlaş uçun mablağ ajratiş. Asosiy muammo mana şu yerda.

Qoidaga köra, maktablarni quriş, taʼmirlaş, jihozlaş hokimlarning zimmasida. Lekin afsuski, köplab hokimlar uçun maktablar 10-darajali masala.

Öşa Marhamatdagi 42-maktabni olaylik. Viloyat boşqarmasining yozişiça, maktab jamoasi 2023-yili “Taşabbusli byudjet”dan 1,2 mlrd söm, 2024-yilda esa 1,3 mlrd söm pul yutib olgan. Ammo mahalliy byudjetdan hokimlik qança mablağ ajratgani haqida maʼlumot yöq. Demak, katta ehtimol bilan 1 tiyin ham berilmagan. Maktab jamoasi özi uçun özi yelib yugurgan, hokimga kunimiz qolmasin degan.

Masalan, yuqoridagi rasmlarga qarang. 42-maktabning 2023-yildagi ahvoli. Maktab jamoasi hokimdan umidi yöqligini tuşunib, “Taşabbusli byudjet”da qatnaşgan va naq 8 ming 658 ta ovoz töplagan. Bu oson bölmagani aniq. Katta ehtimol bilan öqituvçilar öz yonidan pul yiğgan bölsa ham kerak. Va maktabdagi barça derazalarni çirigan taxtadan akfa romlarga almaştirib olişgan (oxirgi rasmlarga qarang).

Maktab jamoasi 2024-yilda ham ğolib bölişgan, bu safar maktabda öquvçilar uçun stadionni çiroyli körinişga keltirib olişgan.

Agarki, katta raqobat bölişiga qaramasdan, “Taşabbusli byudjet”da ikkita mavsum yutişgan bölsa, demak, maktab jamoasi ahil va inoq, direktori esa taşabbuskor va taşkilotçi.

Marhamat hokimi esa bu maktabga pul ajratiş tugul, ehtimolki biron marta taşrif buyurmagan bölsa ham kerak.

Hokimlar nega uyalmaydi? Nega doim kaltak eng quyi poğonadagi ijroçining boşida sinadi? Yomonning kuçi yapaloqqa yetibdi, degani şu-da, a?

Nima uçun hokimlar har yili qaysi maktabga qança mablağ ajratgani haqida hisobot topşirmaydi? Xalq bilsin, qaysi maktablar eʼtibordan çetda qolyapti, qaysilariga pul umuman yetib bormayapti, qaysilariga esa, aksinça, har yili oşiği bilan pul ajratilyapti. Buni bilişga haqqimiz bor-ku axir.

Hurmatli deputatlar,

hokimlarga maktablarga ajratilgan mablağlar böyiça Parlamentga va jamoatçilikka hisobot topşirişni (har bir maktab kesimida) MAJBURIY qilib qöyadigan qonunni qabul qilaylik. Orangizda taʼlim fidoyilari bordir axir. Qiyin iş emas-ku bu. Şunçaki bittagina jadval böladi: hududdagi maktablar nomi va uning yonida nimaga qança mablağ ajratilgani körsatiladi.

Yöqsa, biz har safar maktab direktorlarini jazolab yuraveramiz. Özi hayot qonuni şu, mayda baliqlarni ovlaşga hamma qiziqadi, kit oviga esa faqat jasorati borlargina çiqadi.

Oxirida bitta gap aytaymi? Agar öqituvçilar bilan “ixtiyoriy-majburiy haşar” qilmaganida öşa direktor baribir işdan böşatilardi. Nima uçun deysizmi? Maktabi yangi öquv yiliga tayyormasligi, remont qilinmagani uçun.

Bu yöl faqat “ölim” yöli, tirik qoliş omadga boğliq xolos. Video tarqalmaganda, tirik qolardi. Çunki videosi tarqalmagan, lekin hokim pul ajratmagani uçun öqituvçilarning özi işlayotgan maktablar juda köp...

Biz esa doimgidek, oqibatlar bilan kuraşib yuraveramiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 35 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek