Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Sabablar va oqibatlar haqida

Matn18-mart, 2024, 19:401 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezidentning PQ-117-sonli qaroriga köra, byudjet taşkilotlari xodimlarini ovoz yiğişga majburlaş taqiqlangan va majburiy mehnat deb tasniflanadi.

Sabablar va oqibatlar haqida

Ming afsuski, har safar "Taşabbusli byudjet" doirasida ovoz beriş boşlansa, joylarda majburiy ovozlar yiğilayotgani haqidagi xabarlarga duç kelamiz. Bunday holatlar asosan byudjet taşkilotlarida, xususan, maktab, universitet va şifoxonalarda böladi.

Masalan, juda köpçilik yozyaptiki, ayrim maktablarda öqituvçilarga neçtadir ovoz yiğiş majburiyati qöyilgan, agar öşa ovozni topib kela olmasa, unda şunga yaraşa pul beriş talab etilmoqda. Köplab şifoxonalarda ham şu ahvol.

Ovoz bermagunça yotoqxonadan çiqarilmayotgan talabalar haqidagi videoni ham körgan bölsangiz kerak.

Ayrim maktablarda esa öquvçilarning ota-onalariga xuddi şunday talablar qöyilayotgan ekan. Agar ota-ona kerakli ovozni olib bera olmasa, unda öşa öquvçi bolalarni darsga kiritmaslik, hammaning oldida tanbeh beriş holatlari ham uçrayotgani aytilmoqda.

Albatta, muammoning ildizi byudjetni taqsimlaşga borib taqaladi. Öşa maktab yoki şifoxona rahbari agar "Taşabbusli byudjet" orqali loyiha yuta olmasa, uning taşkiloti yaqin 5-10 yilda taʼmirlanmasligi yoki kerakli jihozlar olib berilmasligini yaxşi biladi. Şu sababli mana şunday majburiy mehnat elementlarini qöşadi. Bu esa Parlament, mahalliy deputatlar va hokimlar byudjet mablağlarini maqsadli yönaltira olmayotganini körsatadi. Uzoq yillardan buyon xuddi şunaqa bölib kelgan.

Lekin baribir maqsad vositani oqlamaydi. Maqsadi ezgu bölsa ham, heç kimni ovoz berişga majburlaş mumkin emas, bu NOQONUNIY! Ayniqsa maktablarda ÖQUVÇILARGA ovoz yiğiş majburiyatini yuklaşga sira çidab bölmaydi!!!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek