Boliviyaning Sukre şahrida 37-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2025) bölib ötdi
🇧🇴 Boliviyaning Sukre şahrida 37-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2025) bölib ötdi. Unda terma jamoamiz aʼzolari bittadan kumuş va bronza medallarini qölga kiritişdi.
Bular:
🥈Asilbek Sunnatov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab öquvçisi – kumuş medal;
🥉Uluğbek Raxmatullayev — Namangan şahridagi Prezident maktabi öquvçisi – bronza medali.
Taʼkidlaş joiz, öquvçilarimiz uşbu olimpiadada ilk bor kumuş medal olişdi, avval faqat bronza olgandik. Hozirça oltin yöq.
Kelasi yili bölib ötadigan 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga 🇺🇿Özbekiston mezbonlik qiladi. Rasman mezbonlik huquqi yurtimizga topşirildi.
❗️Maʼlumot uçun, uşbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bölgan öquvçilar, ularning ustozlari va terma jamoa rahbari quyidagiça taqdirlanadi:
🥈 2-örin uçun:
➖ öquvçiga — 618 mln söm (BHMning 1 ming 500 baravari);
➖ öqituvçisiga — 103 mln söm (250 baravar);
➖ terma jamoa rahbariga — 10 mln 300 ming söm (25 baravar);
🥉 3-örin uçun:
➖ öquvçiga — 412 mln söm (1 ming baravar);
➖ öqituvçisiga — 61 mln 800 ming söm (150 baravar);
➖ terma jamoa rahbariga — 6 mln 180 ming söm (15 baravar).
Avvalroq öquvçilarimiz Xalqaro kimyo va matematika olimpiadalarida ham tarixiy natijani qayd etişgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
- 22 Telegram Stars



