Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Kontrakt narxi oşirilmasligi haqidagi xabar yoqimli bölsa-da, norozilar gaplari bemaza eşitiladi

Video19-sentabr, 2023, 19:386 daqiqa0 koʻrish

Kontrakt narxi oşirilmas ekan, degan xabar qançalik yoqimli bölsa, bundan norozi bölganlarning gaplari şunçalik bemaza eşitiladi. Bu öta tabiiy hol, sababi hamma arzon va sifatli taʼlim olişni istaydi, albatta.

Yaqinda Kun.uz naşrida iqtisodçi Otabek Bakirov bilan birgalikda davlat OTMlarida kontrakt narxi bir neça yildan buyon oşirilmayotgani mavzusida fikr bildirdik. Otabek aka bilan ikkalamizning ham fikrimiz bir joydan çiqdi va bu qaror garçi juda yoqimli bölsa-da, ammo tanganing narigi tomoni hisobga olinmayotgani, iqtisodiy tomondan notöğri qadam taşlanayotganini taʼkidladik.

Töliq suhbatni mana bu yerda köriş/öqiş mumkin:
https://kun.uz/10488631

Ammo bu yerda biz şunçaki "kontraktlar narxi oşirilsin" deganimiz yöq. Davlatning byudjetdan taʼlimga tikayotgan pulini (subsidiyasini) kamaytirmasdan, balki uni töğri va samarali sarflaşni taklif qildik.

Masalan, hozirgi tizimda öqiganga ham, öqimaganga ham bir xil pul sarflanyapti. Bir marta adaşib yoki bir amallab 70-80 ball bilan byudjetga kirib olgan talaba 4 yil davomida tayinli öqimasa ham xalq pulidan tekinga taʼlim olyapti. Aksinça, tirişqoq va intiluvçan, ammo omadi kelmasdan 170-180 ball bilan kontraktga kirgan talaba 4 yil kontrakt tölayapti.

Yoki kontraktdagilar ham tannarxdan arzon narxning evaziga davlatdan bir xil subsidiya olyapti. Yaxşi öqiyotgan ham kontraktiga 4-5 mln söm yordam olyapti, kallasi xumlar ham öşa pulni olyapti.

Nega men yoki Siz tölagan soliqlarimizdan bitta takasaltang va dangasa talabani tekinga öqitişimiz yoki kontraktiga subsidiya tölaşimiz kerak? Yoki aksinça, bilimga çanqoq, ilmiy izlanuvçan va taşabbuskor talabalarga nima uçun alohida grantlar bermaymiz yoki kontraktiga çegirmalar bilan qöllab-quvvatlamaymiz?

Trillionlab byudjet mablağlarini aql bilan işlatib, talabalarni öqişga yana-da qiziqtiriş imkonimiz bor-ku, nega şuni haligaça qilmaymiz? Buni tuşuniş va eskiça yondoşuvlarni parçalaş uçun yana neça yil kutişimiz kerak?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek