Savol: kontraktni bölib tölaş imkoni bormi?
❓Savol: kontraktni bölib tölaş imkoni bormi? Bizdan kamida 50% tölov qilişni talab qilişmoqda.
✅ JAVOB: Ha, 4 ga bölib tölaş mumkin.
Prezidentning 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 öquv yilidan boşlab respublika OTM talabalariga öquv yili davomida teng uluşlarda kamida 4 marotaba öqiş uçun tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati taqdim etilgan.
Davlat qabul komissiyasi bilan kelişilgan holda tölovlarni amalga oşiriş muddati quyidagiça belgilangan:
— belgilangan tölov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uçun 15-sentabrgaça yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgaça hamda ikkinçi va undan keyingi bosqiç talabalar uçun 1-oktabrgaça yoki OTM rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgaça;
— belgilangan tölov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargaça, 75 foizi 1-aprelgaça va 100 foizi 1-iyulgaça yoki OTM rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargaça.
Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq öqiş uçun yillik tölovning töliq miqdorini belgilangan tartibda, teng uluşlarda tört qismga böliş yöli bilan ötkazişga ruxsat berilgan.
Bundan xulosa qiliş mumkinki, bugungi kun holatiga 50% tölov talab qilişayotgani amaldagi tartibga zid. 1-kursga öqişga kirganlar kamida 25% tölovni 15-sentabrga qadar amalga oşirişlari lozim.
Eslatma: bölib tölaş imkoniyati super-kontrakt uçun ham amal qiladi.
kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bölib tölaş imkoni va muddatlari haqida maʼlumot çiqadi. Mana şu yerdan ham körib olsangiz böladi.

