Talabada xayfsan bölsa, grant taqsimoti vaqtida ijtimoiy faolligi nol böladimi?
Ijtimoiy faollikni baholash metodikasi.pdf
PDF · 705 KB
❓ Talabada xayfsan bölsa, grant taqsimoti vaqtida ijtimoiy faolligi nol böladimi?
✅ JAVOB: Yöq, bunday bölişi mumkin emas.
Grantlar taqsimoti joriy yilda ilk marta bölayotgani sababli turli tuşunmovçiliklar bölişi tabiiy. Yangi tizimni joylarda turliça talqin qilişlari mumkin.
Masalan, menga kelib tuşgan murojaatlarga köra, ayrim oliygohlarda xayfsan olgan talabalarga “ijtimoiy faolliging uçun beriladigan jami 20 balldan mahrum bölding, sizlarga nol ball beriladi” deyişmoqda ekan.
Oliy taʼlim vazirligining 2025-yil 16-maydagi 186-sonli buyruği bilan tasdiqlangan metodikaga köra, ijtimoiy faollik qanday aniqlanişi va qaysi körsatkiç uçun neça ball berilişi belgilangan. Öşa metodikaning eng oxirida quyidagiça qoida bor:
Qoida tariqasida talaba muayyan sabab bilan (misol uçun, OTMning içki tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksi talablarini buzganligi uçun) intizomiy jazoga tortilganda “Ijtimoiy faollik indeksi”da töplagan balidan 15 ballgaça olib taşlanişi mumkin.
Bu yerda 15 ball deganda 100 ballik şkalada nazarda tutilmoqda.
Qarang, bir boşidan tuşuntiraman. Grant taqsimoti 100 ballik şkalada baholanadi. Şundan 80 bali akademik özlaştirişga, 20 bali ijtimoiy faollikka beriladi.
80 ballni çiqariş uçun GPA balini 16 ga köpaytirişadi. Masalan, GPA 4,6 bölsa: 4,6 x 16 = 73,6 ball
Ijtimoiy faollik beriladigan 20 ball esa quyidagiça aniqlanadi: talabaning 11 ta yönalişdagi işlari jami 100 ballik şkalada baholanadi va çiqqan natija 5 ga bölinadi. Masalan, ijtimoiy faollik jami 85 ball çiqsa: 85 / 5 = 17 ball
Yakuniysi: 73,6 + 17 = 90,6 ball
Tuşundingiz degan umiddaman.
Endi savoldagi masala qaytamiz. Agar talabada xayfsan bölsa, unda 100 ballik şkaladan maksimum 15 ballgaça olib taşlanişi mumkin. Lekin qolgan 85 baliga daʼvogarlik qilaveradi.
Agar 20 ballik asosiy şkaladan hisoblasak, unda 15 ni 5 ga bölişimiz kerak: 15 / 5 = 3 ball. Demak, xayfsani bor talabadan ijtimoiy faollik uçun maksimum 3 ball olib taşlanişi mumkin xolos, töliq 20 ball olinişi qoidalarga zid.
👉 @xushnudbek 👈



