Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Talabalar örtasida grantlarni taqsimlaşda özlaştirişdan köra, tadbirbozlik muhimroqmi?

Albom7-iyul, 2025, 18:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Talabalar örtasida grantlarni taqsimlaşda özlaştirişdan köra, tadbirbozlik muhimroqmi?

Ayni kunlarda oliygohlarda ilk marta talabalar örtasida grant örinlarini qayta taqsimlaş uçun onlayn arizalar qabul qilinmoqda. Yaʼni kontraktdagilar grantga ötib, grantdagilar kontraktga tuşişi mumkin. Arizalar 20-iyulga qadar qabul qilinadi.

Bunda baholaş mezoni 100 ballni taşkil qilib, u 2 ta guruhga bölinadi:

1️⃣ Akademik özlaştirişga — 80 ball;

2️⃣ Ijtimoiy faollik uçun — 20 ball.

Şu örinda ayrimlar "özlaştirişga kam ball berilar ekan", deya notöğri talqin qilmoqda. Bunga sabab onlayn ariza topşiriş sahifasida talabaning özlaştirişiga 10 ball, masalan, kitobxonlik madaniyatiga 20 ball berilişi körsatilgan.

Gap şundaki, talabaning ijtimoiy faolligi dastlab 100 ballik şkalada ölçanadi va keyin çiqqan natijani 5 ga bölişadi. Yaʼni biron talabada ijtimoiy faollik 100 ball bölsa, demak, umumiy ball hisoblanayotganda unga 20 ball beriladi (100/5=20).

Ijtimoiy faollik 11 ta yönalişdan tarkib topgan va şundan biri talabaning özlaştirişi. Yaʼni faollikning içida ham özlaştiriş uçun ball olsa böladi.

✅ XULOSA: grant taqsimlaşda eng avvalo özlaştirişga qaraladi va buning uçun eng köp ball beriladi (82%). Qolgan ijtimoiy faollik yönalişi uçun 18% ball beriladi. Şuning uçun “grant olişda öqiganing emas, tadbirlarda qatnaşganing muhim ekan” degan gaplar notöğri.

Agar yanada soddaroq tuşunmoqçi bölsangiz, unda qaysi iş uçun neça ball berilişini hisoblab çiqdim:

• Talabaning akademik özlaştirişi — 82 ball;
• Kitobxonlik madaniyati — 4 ball;
• “5 muhim taşabbus” doirasidagi tögaraklarda faol iştiroki — 4 ball;
• Xalqaro, respublika, viloyat miqyosidagi körik-tanlov, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida erişgan natijalari — 2 ball;
• “Maʼrifat darslari”dagi faol iştiroki — 2 ball;
• Içki tartib qoidalar va Odob-axloq kodeksiga rioya etişi — 1 ball;
• Darslarga töliq va keçikmasdan kelişi — 1 ball;
• Volontyorlik va jamoat işlaridagi faolligi — 1 ball;
• Teatr va muzey, xiyobon, kino, tarixiy qadamjolarga taşriflar — 1 ball;
• Sport bilan şuğullanişi va soğlom turmuş tarziga amal qilişi — 1 ball;
• Maʼnaviy-maʼrifiy sohaga oid boşqa yönalişlardagi faolligi — 1 ball.

👉 @xushnudbek 👈

  • 8 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek