Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Özbekiston BRICSning hamkor davlatiga aylandi

Matn7-iyul, 2025, 14:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston BRICSning hamkor davlatiga aylandi

Keça, 6-iyul kuni 🇧🇷Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida taşkilotning 17-sammiti bölib ötdi.

Sammit yakunida qabul qilingan qöşma bayonotda taşkilotga 🇮🇩Indoneziyani tölaqonli aʼzo sifatida, 10 ta mamlakatni esa hamkor davlat maqomida tan oliş haqida aytiladi. Bular:

🇺🇿Özbekiston
🇧🇾Belarus
🇧🇴Boliviya
🇰🇿Qozoğiston
🇨🇺Kuba
🇳🇬Nigeriya
🇲🇾Malayziya
🇹🇭Tailand
🇻🇳Vyetnam
🇺🇬Uganda

Özbekiston TIV hozirça uşbu taşkilot bilan aloqalar haqida rasmiy maʼlumot bermadi. Biroq vazirlik matbuot kotibi Axror Burxanov Kun.uzʼga mamlakatimizning taşkilotga hamkor davlat sifatida qöşilganini tasdiqlagan.

❗️Maʼlumot uçun, BRICS 2009-yilda taşkil topgan bölib, hozirda unga 11 ta davlat tölaqonli aʼzo. Taşkilotga aʼzo davlatlar aholisi soni jahon umumiy aholisining 40 foizini taşkil etadi. Uşbu 11 mamlakatning yalpi içki mahsuloti hajmi esa 27 trln dollarga yaqin. Dunyo iqtisodiyotining 40 foiz uluşi taşkilotga aʼzo davlatlar hissasiga töğri keladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek