Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Qölga tuşgan 8,5 tonna giyohvandlik moddasi — voqea aslida qanday bölgan?

Video7-sentabr, 2023, 16:492 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qölga tuşgan 8,5 tonna giyohvandlik moddasi — voqea aslida qanday bölgan?

“Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona komleksining “Aviayuklar” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida havo yöllari orqali respublikamizga xorijdan olib kelinib, söngra yuk avtotransport vositasi orqali tranzit tarzida olib ötilişi rejalaştirilgan 25 tonna oğirlikdagi 1000 qop qandolat köknorisi uruğlari oziq-ovqat mahsuloti belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilgan.

Qandolat köknorisi qayta işlangan maxsus uruğ bölib, odatda turli pişiriqlarga qöşiladi yoki yuzasiga sepiladi va u giyohvand modda hisoblanmaydi.

Ammo bojxona körigi davomida hujjatlarda qandolat köknorisi deb körsatilgan 25 tonna uruğ va somonlar tarkibida haqiqiy giyohvandlik vositasi hisoblangan 8,5 tonna köknori somoni borligi aniqlandi.

Hozirda uşbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatildi.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek