Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Oziq-ovqat xavfsizligi konferensiyasi iştirokçilariga murojaat yölladi

Albom7-sentabr, 2023, 12:232 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev Samarqand şahrida bölib ötayotgan Oziq-ovqat xavfsizligi böyiça xalqaro konferensiya iştirokçilariga murojaat yölladi. Murojaatni Boş vazir Abdulla Aripov öqib eşittirdi.

"Biz eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida töliq erkinlik hamda oziq-ovqat yuklari harakatini tartibga soladigan qoidalarni soddalaştiriş tarafdorimiz. Savdo yöllari xavfsizligi va oçiqligini taʼminlaş davlatlararo munosabatlarda özgarmas tamoyil bölib qolişi zarur", — deyiladi murojaatda.

Maʼlumot uçun, 7-8-sentyabr kunlari bölib ötadigan Oziq-ovqat xavfsizligi böyiça xalqaro konferensiyada 32 ta davlatidan 620 nafardan ziyod xorijiy mehmonlar hamda 30 dan ortiq nufuzli xalqaro taşkilotdan vakillar qatnaşmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek