Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Toşkentda 800 kişiga 209,2 mlrd söm zarar yetkazgan ikki MÇJ mansabdorlariga jinoyat işi qözğatildi

Matn27-may, 2025, 15:471 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Toşkentda 800 nafar fuqaroga 209,2 mlrd söm zarar yetkazgan ikki MÇJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

Maʼlum qilinişiça, poytaxtda fuqarolarga köp qavatli uylarni şartnoma orqali muddatli tölov asosida sotiş bilan şuğullangan “IN-FIN-STROY-INVEST" va “CREDIT HOUSE” MÇJ mansabdorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi IIV huzuridagi Tergov departamenti iş yurituviga olingan.

Mazkur jinoyat işi doirasida 800 nafar fuqaro jabrlanuvçi deb topilgan bölib, umumiy 209 mlrd 263 mln söm zarar aniqlangan. Işga aloqador 5 nafar şaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Hozirda Içki işlar vazirining örinbosari polkovnik Ramazon Aşropov boşçiligida tegişli mutaxassislar jalb etilgan holda Maxsus tezkor ştab tuzilgan bölib, IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlaş departamenti binosida har kuni soat 09:00 dan 21:00 ga qadar iş olib bormoqda.

❗️Tergovni har tomonlama töliq amalga oşiriş uçun “IN-FIN-STROY-INVEST" va “CREDIT HOUSE” MÇJ faoliyatidan jabrlangan fuqarolardan Tezkor ştabga murojaat qilişlari söraldi.

📍Manzil: Toşkent şahri Taras Şevçenko köçasi 62-uy.
📞Telefon: (71) 231-31-45

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek