Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekistonlik öquvçilar xalqaro fan olimpiadalarida 3 tadan bronza medalini qölga kiritişdi

Albom12-iyul, 2023, 15:032 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🥉Özbekistonlik öquvçilar xalqaro fan olimpiadalarida 3 tadan bronza medalini qölga kiritişdi

🧬Dastlab 34-Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO) quyidagi öquvçilar bronza medali olişdi (1-rasm):

1) Behruz Tursunov — Toşkent şahar, Yunusobod tumani, 274-maktabning 11-sinf öquvçisi;
2) Ğolibjon Şarifov — Buxoro viloyati, Kogon tumani, 3-maktabning 10-sinf öquvçisi;
3) Muhammadibrohim Egamberdiyev — Toşkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-kurs öquvçisi.

Mazkur olimpiada BAAning Al-Ayn şahrida bölib ötdi, unda 80 mamlakatdan jami 310 nafar öquvçi iştirok etgan. Sovrindor öquvçilar Toşkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

➗ Şundan söng, 64-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) quyidagi öquvçilar 3 ta bronza medalni qölga kiritdi (2-rasm):

1) Ozodbek Axtamov — Toşkent şahar, Al-Xorazmiy ixtisoslaştirilgan maktabi 9-sinf öquvçisi;
2) Anvarbek Raxmatov — Buxoro viloyati, Qoraköl tumani, Ixtisoslaştirilgan maktabning 11-sinf öquvçisi;
3) Anvarbek Sadulloyev — Buxoro viloyati, Peşku tumani, 18 -maktab, 11-sinf öquvçisi.

Olimpiada Yaponiyaning Çibo şahrida bölib ötdi. Unda dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab öquvçilari iştirok etgan.

Maʼlumot uçun, özbekistonlik yoşlar IMOda 1997-yildan boşlab iştirok etadi va hozirga qadar 🥈10 ta kumuş va 🥉32 ta bronza medallari qölga kiritilgan. Hali biror marta 🥇oltin medal olmaganmiz.

❓Ğoliblarga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?

Tegişli qarorga muvofiq, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalarida 3-örin (bronza medal) uçun öquvçiga bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravari (66 mln söm), ustoziga 150 baravari (49,5 mln söm) miqdorida pul mukofotlari beriladi.

Şuningdek, uşbu öquvçilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinçalik taʼlim muassasalarida öqituvçi bölib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoşiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek