Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekistonlik öquvçilar 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumuş va 3 ta bronza medalini oldi

Foto22-iyul, 2024, 11:042 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekistonlik öquvçilar 65-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da 2 ta kumuş va 3 ta bronza medallarini qölga kiritdi

🥈Elbek Zohidjonov —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning 9-sinf öquvçisi;

🥈Tölqin Jaylovov – Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahridagi 1-sonli ixtisoslaştirilgan maktab internatining 9-sinf öquvçisi;

🥉 Ozobek Axtamov –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning 10-sinf öquvçisi;

🥉Rasulbek Ğaffarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan  maktabning 9-sinf öquvçisi;

🥉 Madina Suyunova —  Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf öquvçisi.

ℹ️ Maʼlumot uçun: özbekistonlik öquvçilar IMOda 1997-yildan boşlab iştirok etadi va hozirça biror marta 🥇oltin medal olmaganmiz.

❓Ğoliblarga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?

✅ Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari ğoliblariga davlat byudjetidan quyidagiça bir martalik pul mukofoti beriladi:

🥇1-örin (oltin medal) uçun:

öquvçiga — 500 baravar (170 mln söm);
ustoziga — 450 baravar (153 mln söm).

🥈2-örin (kumuş medal) uçun:

öquvçiga — 300 baravar (102 mln söm);
ustoziga — 250 baravar (85 mln söm).

🥉3-örin (bronza medal) uçun:

öquvçiga — 200 baravar (68 mln söm);
ustoziga — 150 baravar (51 mln söm).

Şuningdek, uşbu öquvçilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinçalik taʼlim muassasalarida öqituvçi bölib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoşiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek