Abituriyentlarning test sinovlari haqidagi fikrlari

Matn2-avgust, 2018, 13:022 daqiqa0 koʻrish

Муштарийлардан хабарлар:

1️⃣ Xushnud aka men bugun testga kirib chiqdim hammasi yaxshi Toshkent koʻrgazma savdo markazida boʻlib oʻtdi hech qanday nomaqbul ish bolmadi bu yogʻi omad

2️⃣ Men bugun TOSh meditsina instituti davolash ishi yonalishiga imtixon topshirdim. Tekshiruvlar yaxshi

3️⃣ Men kecha testga kirib chiqqan abituriyentlardanman. Inshalloh bugun abituriyentligimning oxirgi kuni. Kecha testga kirganimda hech qanaqa tushunmovchillikka ko'zim tushmadi. Xech qanday oyin bolmadi meni nazarimda . Imtixon shpargalkalarsz otdi. Xammasi yaxshi desk boladi.

4️⃣ Ассалому алайкум. Нукусдамиз. Назорат меъёрида. Мед.га олиипия захиралари коллежида. Катта экран ота-оналар учун саал узоқроқда тест бўлаётган бинодан. Лекин узоқроққа ўрнатилиши кўркам,соя жой танлангалиги аниқ.
Яна бир гап абитурентларга!
Ўзингизга ишонинг! Ва албатта кирасиз. 1982 йил! 300 рубль берсангиз кирасиз, бўлмаса Фарғонадан Бухорога қайтасиз дейишди. Имтиҳонда «он всё знает, 4 поставлю» деганди ёнидагиларга. Шу учун ўзингизга ишонинг!

5️⃣ Imtihon Toshkent "Yoshlik" sport majmuasida bo'ldi. Manimcha bizga imtihon bo'lgan joyda shafoflik ta'minlandi, tekshirish kuchli, hamma Abituriyentning guruh rahbarlari e'tibor markazida edi.

6️⃣ Assalomu alaykum Xushnudbek. Namanganda test sinovlari kameralar orqali yaxshi uzatilmoqda. Rasm ilova qilaman. Telefonda ilova bor ekan, shu ilova orqali kuzatib turibman. Mening singlim ham test sinovida. Alloh barchani mushkulini oson, yuzini yorug', ilmini ziyoda qilsin. Amin.

7️⃣ Наманган Бакамол авлод хаммаси зур. Факат офтобда моитор унча яхши куринмаяпти.

Каналга уланиш: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek