Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

maktabdagi sönggi 6 yillik örtaça baholar test sinovlari baliga qöşilmaydigan böldi

Matn21-iyul, 2025, 13:581 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezident farmoni bilan maktab baholarining örtaça körsatkiçini OTMga kiriş imtihonlarida inobatga oliş 2 yilga keçiktirildi.

❗️Rasman: maktabdagi sönggi 6 yillik örtaça baholar test sinovlari baliga qöşilmaydigan böldi

19-iyul kuni qabul qilingan Prezident farmoni (PF-114-sonli) bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imtihonlarida abituriyentlarning taʼlim töğrisidagi hujjatlariga qöyilgan baholarini inobatga oliş tartibini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori öz kuçini yöqotişi belgilandi.

2021-yilgi qarorga köra, 2023/2024-öquv yilidan boşlab abituriyentlarning şahodatnomalaridagi sönggi 6 yillik baholarining örtaça körsatkiçi öqişga kirişda inobatga olinişi va töplangan ballga örtaça baho qöşib berilişi kerak edi.

Masalan, 130 ball töplagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uçun mos ravişda 3, 4 yoki 5 ball qöşilişi rejalaştirilgandi. Biroq uşbu tartibni joriy qiliş 2023-yilda 2 yilga keçiktirilgan edi.

19-iyuldagi farmon bilan esa 2021-yilgi uşbu qaror batamom bekor qilinib, şahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan böldi.

Avvalroq bu haqida munosabatimni yozgandim va bu tizim sönggi yillardagi taʼlimga oid eng katta xato qaror bölişini aytgandim. Xayriyatki, uşbu tizim biron marta amaliyotga joriy etilmasdan, bekor qilindi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek