Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Yagona davlat imtihoni joriy etildimi?

Video11-sentabr, 2025, 18:305 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Yagona davlat imtihoni joriy etildimi? Endi testlar bekor böladimi?

Keçadan buyon şu haqda yuzlab savollar kelmoqda. Tuşuntirişga harakat qilaman.

✅ Yagona davlat imtihoni ğoyasi haqiqatdan bor, dastlab bu haqda 2020-yilda hujjat loyihasi işlab çiqilgan edi. Aytmoqçimanki, bu keça çiqqan yangilik emas, bir neça yildan buyon öylaşmoqda.

❗️Mazkur tizimni taxminan 2028-yildan keyin joriy etilişi rejalaştirilgan (agar ulgurişsa). Yaʼni kelasi yildan bölar ekan, deb vahima qiliş şartmas.

📝 Yagona davlat imtihoni (YDI) nima?

• 11-sinf yakunida topşiriladigan davlat attestatsiyasi boşqa tizimlar bilan birlaştiriladi;
• öquvçilar maktabni bitirayotganda topşirgan imtihon natijasi universitetlarga kiriş uçun ham ötadi;
• YDI öz navbatida Milliy sertifikat örnini ham bosadi.

🔹 Bundan nima maqsad közlangan?

• abituriyentlarni ortiqça ovoragarçilik va xarajatdan qutqariş (maktab imtihoni, sertifikat va alohida kiriş testlari örniga bitta imtihon);
• faqat yodlaşga emas, balki fikrlaş, esse (inşo) yoziş, matnni tuşuniş, mantiqiy fikrlaş kabi könikmalarga ham eʼtibor qaratiş. Çunki hozir kiriş imtihonidagi yopiq test formatidagi (4 ta variantli) testlar asosan xotiraga yönaltirilgan xolos, fikrlaşga emas.

🔸 Tartibi qanday böladi?

• imtihonlar Bilimlarni baholaş agentligining hududlardagi maxsus katta pavilyonlarida, kompyuter orqali topşiriladi. Yaʼni imtihonni maktablarning özi emas Agentlik oladi;
• har bir maktab bitiruvçilari grafik asosida navbatma-navbat imtihon topşirib çiqadi. Şu bitta imtihon natijasi universitetlarga kiriş uçun ham ötadi;
• bu hali taxminiy tartiblarga takliflar xolos, aniq qaror yoki rasmiy hujjat yöq. Tartibi tasdiqlangandan keyin, aniqroq va batafsilroq nimadir aytiş mumkin.

❗️Xulosa: bu özgarişlar yaqin yillarda böladi degani emas. Tizimdan maqsad — ovoragarçilikka barham berib, yoşlarni şablondan çiqarib, ularda mustaqil fikrlaş könikmasini rivojlantiriş.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek