Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Pulli töxtaş joylari uçun öşa hududda istiqomat qiluvçilarga maxsus imtiyozlar yaratiladi

Matn11-sentabr, 2025, 12:071 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Pulli töxtaş joylari uçun öşa hududda istiqomat qiluvçilarga maxsus imtiyozlar yaratiladi

Toşkent şahar hokimligining xabar berişiça, köp qavatli uylarda istiqomat qiluvçi aholi uçun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etiladi.

Ruxsatnoma egalari öz mahallasi hududidagi pulli töxtaş joylaridan sutkaning keçki paytidan tonggaça imtiyozli şartlarda foydalaniş imkoniga ega böladi. Şuningdek, kunduzgi vaqtda ham muayyan çegirmalar beriladi, bayram va dam oliş kunlarida esa yanada kengroq imtiyozlar taqdim etiladi.

Hozirgi kunda rezidentlik ruxsatnomalarini elektron tartibda oliş uçun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya işlari olib borilmoqda. Jarayonlar joriy yil noyabr oyiga qadar yakunlanişi rejalaştirilgan.

Uşbu işlar yakunlanganidan söng, Toşkent şahar hokimining tegişli qarori qabul qilinib, ruxsatnoma beriş tartibi, amal qiliş muddati, huquqqa ega böluvçi fuqarolar toifasi, taqdim etiladigan imtiyozlar röyxati aniq belgilanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek