Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantiriş böyiça takliflar bilan tanişdi

Albom10-sentabr, 2025, 19:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun Şavkat Mirziyoyev moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

1 mingta startapni qöllab-quvvatlaş, “Open banking” tizimini joriy qiliş, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantiriş böyiça beş yillik strategiya işlab çiqilmoqda, singapurlik ekspertlar jalb etilib, xalqaro tajriba örganilmoqda.

Markaziy bankda Fintex ofisi faoliyatini yölga qöyiş böyiça vazifalar belgilandi. Startaplar akseleratsiyasi, yangi ğoyalar va investitsiyalarga şaroit yaratiş uçun innovatsion xab taşkil qilinişi maʼqullandi. Bu çora-tadbirlar kelgusida Özbekistonning mintaqaviy fintex markaziga aylanişiga xizmat qiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek