Özbek tilini rivojlantirişga qaratilgan «Jonajon özbek tilim» tanlovi eʼlon qilindi
🏆 Özbek tilini rivojlantirişga qaratilgan “Jonajon özbek tilim” tanlovi eʼlon qilindi
Tanlov Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti hamda Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan taşkil etilmoqda.
📋 Tanlov quyidagi yönalişlarda ötkaziladi:
▪️özbek tilining öziga xos xususiyatlari, muammo va yeçimlari yoritilgan eng yaxşi ilmiy tadqiqot;
▪️özbek tilini raqamlaştirişga qaratilgan eng yaxşi dasturiy mahsulot;
▪️özbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxşi badiiy-ijodiy asar;
▪️davlat tili böyiça ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxşi material;
▪️özbek tili tarğibotiga bağişlangan eng yaxşi videorolik;
▪️özbek tilini xalqaro miqyosida ommalaştirişga xizmat qilayotgan eng yaxşi amaliy iş;
▪️özbek tilining xorijlik döstlari tomonidan yaratilgan eng yaxşi ilmiy-ijodiy iş.
📨 Nomzodlar özlari haqidagi maʼlumotlarni (ismi, otasining ismi, familiyasi, iş yoki öqiş joyi), ilmiy-ijodiy işining elektron nusxasini ilova qilgan holda, Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi yoki uz_tili_jamgarma@umail.uz rasmiy elektron poçta manziliga hamda @Jonajontilim_bot Telegram-botiga 5-oktyabrgaça yuborişlari lozim.
Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa bölib iştirok etiş mumkin.
🎁 Ğoliblar bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari (20 mln 600 ming söm) miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi.
🗓 Mukofotlar 21-oktyabr – Özbek tili bayrami kuni arafasida taşkil etiladigan tadbirlar doirasida tantanali ravişda topşiriladi.
- 4 Telegram Stars



