Bugun özbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil böldi
Bugun özbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil böldi.
Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun Özbekiston xalqini uşbu bayram bilan samimiy tabrikladi.
“Bir narsani bilinglar – sunʼiy intellekt dasturlari samarali işlaşi uçun ular, avvalo, özbek tilini mukammal darajada tuşunişi zarur”,
– dedi davlat rahbari.
Lekin özbek tilidagi adabiyotlar, maʼlumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy işlarning aksariyati raqamlaşmagani, elektron şaklga ötkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani körsatib ötildi.
Vazirlar Mahkamasiga barça vazirlik va idoralarning özidagi maʼlumotlarni elektron formatga ötkaziş grafigini tasdiqlatiş, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sunʼiy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni özida ifodalay olişi uçun “Özbek tili korpusi”ni yaratiş topşirildi.
2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli maʼlumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta işlaş, tahlil qiliş, foydalaniş imkonini beradigan “Data Lake” platformasini işga tuşiriş vazifasi qöyildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars


