Özbekistonda «Nvidia» kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri işga tuşiriladi
Özbekistonda “Nvidia” kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri işga tuşiriladi
Bu haqda bugun Şavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt forumida maʼlum qildi.
Sunʼiy intellekt sohasini rivojlantiriş böyiça boşqa rejalar:
➖ AQŞning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi oçiladi, barça hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI böyiça maktab dasturi joriy qilinadi;
➖maktablar örtasida har yili sunʼiy intellekt yönalişida eng yaxşi startap ğoyalari böyiça tanlov ötkaziş tizimi yölga qöyiladi. Har bir hududda ğoliblikni qölga kiritgan maktabda eng zamonaviy sunʼiy intellekt laboratoriyasi taşkil etiladi;
➖Sunʼiy intellekt böyiça Prezident tanlovi taşkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoşlar saralab olinib, AQŞ, BAA, Yevropaning ilğor texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi;
➖yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yirik taşabbus – "5 million sunʼiy intellekt yetakçilari" loyihasiga start beriladi.
➖2030-yilga qadar 4,75 million öquvçi va talaba, 150 ming öqituvçi, 100 ming davlat xizmatçisi öqitiladi. Bunda sunʼiy intellekt maktab, kasb taʼlimi va oliy taʼlim tizimlariga ham integratsiya qilinadi;
➖har yili noyabr oyi "Yoşlar uçun sunʼiy intellekt oyligi" deb eʼlon qilinadi va doimiy ravişda "Ipak yöli sunʼiy intellekt forumi" ötkazib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars

