Malta dunyoda birinçi bölib fuqarolarga ChatGPT Plusʼdan bepul foydalaniş imkonini beradi
Malta dunyoda birinçi bölib fuqarolarga ChatGPT Plusʼdan bepul foydalaniş imkonini beradi
Malta hukumati OpenAI bilan şartnoma imzoladi — mamlakatning barça aholisi sunʼiy intellektdan foydalaniş böyiça taʼlim kursini tugatgaç, bir yil davomida ChatGPT Plus xizmatidan bepul foydalanadi. Avval xizmat oyiga 20 yevro turardi.
«Hamma uçun sunʼiy intellekt» dasturi may oyida boşlanadi va Malta raqamli innovatsiyalar boşqarmasi bepul obunalarni nazorat qiladi. Iqtisodiyot vaziri Silvio Şembrining aytişiça, Malta fuqarolarini global özgarişlarning oldingi safiga qöyişni maqsad qilgan.
Dastur çet elda yaşovçi Malta fuqarolariga ham tatbiq etiladi. OpenAI kelişuvning moliyaviy tafsilotlarini oşkor qilmadi.
Maʼlumot uçun: Malta dunyodagi mitti davlatlardan biri hisoblanadi, uning hududi 316 kv.m, aholisi soni esa taxminan 574 ming kişi.
👉 @xushnudbek 👈



