Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Sunʼiy intellekt ilk marta «Zakovat» klubida rasmiy apellyatsiya hakami sifatida qaror qabul qildi

Albom12-sentabr, 2025, 15:252 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Sunʼiy intellekt ilk marta “Zakovat” klubida rasmiy apellyatsiya hakami sifatida qaror qabul qildi

Bugungi kunda sunʼiy intellekt imkoniyatlari şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda “Zakovat” intellektual klubi ham çetda qarab turmasdan, öz faoliyatida SIdan foydalanişni boşlab yubordi.

Ikkinçi liga öyinlarining kuzgi mavsumida sinov tariqasida ilk marta 2 ta sunʼiy intellekt dasturi — ChatGPT hamda Gemini rasman apellyatsiya hakami sifatida işlaydigan böldi. Keça ularning ilk qarori eʼlon qilindi va bu sana tarixiy kun böldi, desak ham böladi. SI xulosalarini mana bu yerda töliq öqib çiqsangiz böladi, qiziq suhbat bölgan:
👉 ChatGPT;
👉
Gemini.

Hozirça bu sinov bölgani uçun, qaror qabul qiliş SIga töliq işonib topşirilmadi, balki 3+2 formatidan foydalaniladi. Yaʼni 3 nafar bilimdondan iborat hakamlar bilan birga 2 ta SI ham işlaydi. Baribir köproq ovoz insonlarda qolmoqda. Ammo sinov muvaffaqiyatli ötsa, kelgusida boşqa ligalar va yirik turnirlarda ham işlatiş, şuningdek, inson iştirokisiz töliq SIga topşirişni ham öylab köramiz.

Maʼlumot uçun: apellyatsiya hakami bahsli vaziyatlarda jamoalarning savolga bergan muqobil javoblari ham töğrimi yoki yöqmi, degan masalani hal qiladi. Masalan, qaysidir savolning töğri javobi “çoy”, lekin jamoa “qaynagan suv” deb yozib bergan. Şu javobga savol matnidan kelib çiqib, oçko beriş mumkinmi yoki yöqmi, şu kabi masalani hal qiladi.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek