Joriy yilda maktab bahosi öqişga kirişda qöşiladimi?
❓Joriy yilda maktab bahosi öqişga kirişda qöşiladimi? Sönggi yillarning eng katta xato qarori haqida ikki oğiz
#abituriyent
✅ JAVOB: Ha, amaldagi qonunçilik böyiça 2023-yildan boşlab bitiruvçilarning şahodatnomadagi örtaça bahosi testda olgan baliga qöşiladi.
Yaʼni maktab, litsey va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvçilarining şahodatnomasi (diplomga ilova)ga majburiy 11 yillik taʼlimning sönggi 6 yillik baholarining örtaça körsatkiçi kiritiladi. Şunda örtaça körsatkiç 3, 4 yoki 5 baho çiqadi. Va mana şu baho test (ijodiy imtihon)da abituriyent töplagan ballga qöşiladi. Masalan, abituriyent 130 ball olsa, maktabda örtaça 4 bahoga öqigan bölsa, jami 134 ball böladi. 5 ga öqigan bölsa, 135 ball böladi.
Bu tartib joriy yilgi kiriş imtihonlaridan boşlanişi kerak.
Örtaça baho elektron bazaning özida böladi, joriy yilgi bitiruvçilar onlayn hujjat topşirayotganda "Sizning örtaça bahongiz mana bunaqa" degan yozuv çiqadi, abituriyent uni tasdiqlaşi kerak. Agar mabodo xatolik bölsa, unda bu xatoni töğrilatiş uçun abituriyent test sinovlaridan oldin bir dunyo byurokratiya bilan kuraşişga majbur böladi. Ayni yoz oylarida, taʼlim tizimida hamma mehnat taʼtilida bölgan paytda kamida u eşikka borib, bu eşikka borib sarson bölişi kafolatlanadi.
Özi umuman uşbu qaror sönggi yillarda kiriş imtihonlariga oid qabul qilingan eng yomon va eng notöğri qaror böldi, deyiş mumkin. Sababi uzoqni öylanmasdan çiqarilgan qarorning muammoli tomonlari köp va haligaça bu muammolarga adolatli yeçim topilgani yöq.
Masalan, birgina ötgan yilda tugatgan abituriyentlarni masalasini olaylik. Misol uçun, 2006-yilda öqişni tugatgan kimdir hujjat topşirdi. Uning örtaça bahosi tabiiyki heç qanaqa elektron bazada yöq. Maktabdagi oxirgi 6 yillik baholarini topiş, ularning har birini qöşib çiqib, örtaçasini çiqariş esa bu fantastika!
Agar avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlarga ball qöşilmasdan, faqat yangi bitirganlarga ball qöşilsa, bu qip-qizil A-DO-LAT-SIZ-LIK! Hukumat özi eplolmagan iş uçun (yaʼni barçaning bahosini elektronlaştirolmaganligidandirda) qaysidir abituriyentga qöşimça ball berib, qaysidir abituriyentning haqqiga xiyonat qilayotgan böladi.
Bu muammolarning bittasi xolos. Xullas, qani, köramiz, qabulda bu adolatsizlikni qanday hal qilişar ekan? Lekin haliyam bölsa, xatoni töğrilaş uçun vaqt bor.
👉 @xushnudbek 👈

