Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bölib ötadi
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bölib ötadi
#abituriyent
Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) ötkazilişi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topşirgani uçun test sinovlari 12 kunda tugaydigan böldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda ötkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq çiqadi.
Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada ötkaziladi.
1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da boşlanadi.
🏃➡️Abituriyentlardan test sinovlari boşlanişidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelişlari talab etiladi.
Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test ötadigan joyga kelişi kerak.
📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borişlari lozim:
1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi.
Boşqa heç qanaqa hujjat şart emas. Şuningdek, 🖊ruçka va 🥤suvni içkarida özlari berişadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uçun savollar kitobining özida oçiq hududlar taşlab ketilgan böladi (alohida böş qoğoz berişmas ekan).
❗️Pasport nusxasi yoki boşqa hujjatlar bilan kelgan, şuningdek, keçikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
👉 @xushnudbek 👈


