Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Davlat granti uçun ajratilgan örinlarning 77 foizini joriy yilgi maktab bitiruvçilari egallagan

Matn24-avgust, 2023, 20:401 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Davlat granti uçun ajratilgan örinlarning 77 foizini joriy yilgi maktab bitiruvçilari egallagan

Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova joriy yilgi maktab bitiruvçilarining davlat OTMlariga kiriş imtihonlaridagi natijalariga oid ayrim statistikalarni eʼlon qildi.

➖ joriy yilgi kiriş imtihonlarida jami 303 ming 560 nafar maktab bitiruvçilari qatnaşgan;

➖ ularning 95 ming 497 nafari talaba bölgan. Yaʼni testga kirgan har 3 tadan bitta maktab bitiruvçisi talaba bölgan, 2 tasi öqişdan yiqilgan;

➖ jami 34 ming 930 ta davlat granti örinlarining 77 foizini (26 ming 884) maktab bitiruvçilari egallagan;

➖ bitiruvçilarning bilim samaradorligi ham ötgan yilga nisbatan yaxşilangan. Joriy yilda  örtaça ball 77,1 ni taşkil etib, 2021-yilga nisbatan qariyb 3 balga, 2022-yilga nisbatan esa 1 balga ortgan (2021-yilda 74,2 ball, 2022-yilda 76,3 ball);

➖ maksimal balning (189 ball) 75 foizidan yuqorisini (142 ball) töplagan abituriyentlarning 68 foiz uluşi joriy yilgi bitiruvçilarga töğri kelgan. Yaʼni 30 ming 640 nafar yuqori natija körsatgan abituriyentlarning 20 ming 873 nafari maktab bitiruvçilari bölgan;

➖ joriy yilda 104,5 ming nafar maktab bitiruvçisi minimal ötiş ball (56,7 ball) dan past natija körsatgan. Bu 56,7 balldan kam töplagan jami abituriyentlarning 25% ini taşkil etadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek