Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Öqişga kiriş qiyinmi?

Foto21-avgust, 2024, 20:472 daqiqa0 koʻrish

❓Öqişga kiriş qiyinmi? Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yönalişga kontraktga kirsa bölar edi
#abituriyent

Öqişga kiriş qiyin yoki osonligini körsatuvçi eng yaxşi körsatkiç, bu ötiş ballarini tahlil qilişdir. Menga doim qiziq bölgan, masalan, 100 ball olgan abituriyent qayerlarga öqişga kira oladi? Neçta joyga bali yetgan bölardi?

Yuqoridagi jadvalda davlat granti uçun 4 ming 256 ta, tölov-kontrakt uçun esa kunduzgi taʼlimda 3 ming 215 ta, sirtqida 1 ming 458 ta, keçkida 285 ta va masofaviyda 80 ta yönalişlardagi 2024-yilgi ötiş ballarining tahlili aks etgan.

Davlat granti böyiça

Davlat granti misolida köradigan bölsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yönalişga grantga kira olgan. Bu umumiy yönalişlarning 36% ini taşkil qiladi.

Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta (13,4%) yönalişga davlat grantiga kiriş mumkin böldi.

150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, degani bölgan. Faqat töğri yönaliş tanlay olgan bölsa böldi.

Tölov-kontrakt böyiça

Kontraktda esa kiriş ballari aaaança past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi taʼlimning 56 foiz yönalişiga, sirtqida 72%, keçkida 60%, masofaviyda esa 96% yönalişga kontraktga öqişga kirsa böladi. Bor-yöği 80 ball töplasa yetadi.

Yoki 60 ball bilan barça taʼlim şakllarini qöşganda 1 ming 466 ta yönalişga kontraktga kiriş mumkin edi.

100 ball töplasangiz-ku, kontraktga kiriş ehtimolingiz juda yuqori bölgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yönalişga ötiş ballari 100 dan past bölgan.

Albatta, bu umumlaştirilgan natijalar. Ayrim talabgir yönalişlarda kiriş ballari yuqori bölganini bilaman. Lekin unaqalar soni juda kam bölgan.

Umumiy holat şuni körsatmoqdaki, öqişga kiriş juda oson, faqat töğri yönaliş tanlay olişga ham köp narsa boğliq. Boşqaça aytganda, yoki orzu qilingan öta nufuzli yönalişga kiriş uçun yetarli darajada öqiş kerak, yoki töplangan ballga yaraşa yönaliş tanlaş kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek