Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Kunduzgi bilan sirtqi qöşib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa böladi?

Albom30-iyul, 2024, 12:062 daqiqa0 koʻrish

❓Kunduzgi bilan sirtqi qöşib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa böladi?
#abituriyent

✅ JAVOB: davlat granti uçun kvota ajratilmagan taʼlim şakllarida öz-özidan faqat tölov-kontrakt uçun tanlov böladi.

Abituriyentlar yönaliş tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilaşlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Taʼlim yönalişi».

Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tuşuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24770

Ammo 2022-yildan boşlab bir neçta taʼlim şakllarini aralaş tanlaş imkoni paydo böldi. Yaʼni bir abituriyent beşta yönaliş tanlayotganda ham kunduzgi, ham sirtqi, ham keçki va ham masofaviyni aralaştirib tanlaşi mumkin.

Şu sababli köpçilikda savol tuğilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki keçki taʼlim şakllarida tanlov qanaqa böladi, axir ularda davlat granti yöq-ku deb.

Buni sözda tuşuntiriş biroz muşkulroq, şu sababli ikkala ustuvorlik uçun ham alohida çizma tayyorladim. Şunda ketma-ketlik qanaqa bölişini osonroq tuşunib olişingiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bölaveradi, faqat sirtqi, keçki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi taşlab ketiladi xolos.

Agar siz beşalasiga ham sirtqi yoki keçki kabi yönalişni tanlayotgan bölsangiz, unda ustuvorlikning mutlaqo farqi yöq. Xohlaganingizni tanlayvering, ikkalasi ham birdek amal qiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek