Endi ilmga oid xuşxabar bilan örtoqlaşsam
❗️Endi ilmga oid xuşxabar bilan örtoqlaşsam.
Hozirgina Saudiya Arabistonida yakuniga yetgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida 🇺🇿Özbekiston terma jamoasi 🥇1 ta oltin, 🥈2 ta kumuş va 🥉1 ta bronza medalini qölga kiritdi.
87 ta davlatdan 340 nafardan ortiq iqtidorli öquvçilar iştirok etgan Xalqaro kimyo olimpiadasida (IÇO) quyidagi öquvçilarimiz sovrindor bölişdi:
🥇Rahimov Daler Rahmonoviç – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning 10-sinf öquvçisi - oltin medal (suratda çapdan uçinçi);
🥈Baxodirov Axror Mardonbekoviç – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning 11-sinf öquvçisi - kumuş medal (suratda çapdan birinçi);
🥈Abdullayeva Saida Ravşan qizi – Navoiy şahar 11-sonli maktabining 11-sinf öquvçisi - kumuş medal;
🥉Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon öğli – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning 10-sinf öquvçisi - bronza medal (suratda öngdan birinçi).
Barça sovrindor öquvçilarimizni, ularning ota-onalari hamda ustozlarini tabriklaymiz.
❓Ğoliblarga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?
✅ Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari ğoliblariga davlat byudjetidan quyidagiça bir martalik pul mukofoti beriladi:
🥇1-örin (oltin medal) uçun:
öquvçiga — 500 baravar (170 mln söm);
ustoziga — 450 baravar (153 mln söm).
🥈2-örin (kumuş medal) uçun:
öquvçiga — 300 baravar (102 mln söm);
ustoziga — 250 baravar (85 mln söm).
🥉3-örin (bronza medal) uçun:
öquvçiga — 200 baravar (68 mln söm);
ustoziga — 150 baravar (51 mln söm).
Şuningdek, uşbu öquvçilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinçalik taʼlim muassasalarida öqituvçi bölib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoşiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
