Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Katta xatoga yöl qöymaylik: Openbudgetʼga pasportlarni aralaştirmaslik kerak

Audio27-mart, 2023, 21:324 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Audio

0:00 / 2:14

Katta xatoga yöl qöymaylik: Openbudgetʼga pasportlarni aralaştirmaslik kerak

Taşabbusli byudjet loyihasida “bir kişi — bir ovoz” prinsipi böyiça ovoz berişni taşkil qiliş uçun köplab takliflar bildirilmoqda.

Jumladan, OneID tizimida elektron imzo orqali ovoz berişni yölga qöyişni taklif qilişmoqda. Bu tizimda har bir insonning pasport maʼlumoti orqali röyxatdan ötiş amalga oşirilgani uçun, bir kişi faqat bitta ovoz bera oladi.

❗️Ammo bu katta xato böladi va hozirgiga qaraganda köproq jiddiy zarar olib keladi.

Sababi hozir bitta suv uçun telefonidagi SMSni bemalol birovlarga aytib, “ovozini sotayotgan” sodda insonlar, ertaga tuşunmasdan pasportini ham birovlarga beraveradi. Natijada begonalar qölida ön minglab insonlarning pasport maʼlumotlari va OneID tizimiga “dostup”i paydo böladi. Bundan esa köplab ğarazli maqsadlarda foydalanişlari mumkin.

Şu sababli jarayonni yanada oğirlaştirmaslik va millionlab fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlarini xavf ostida qoldiradigan tizim yaratib qöymaslik kerak.

Bu haqda keçagi ovozli çatda ham öz munosabatimni bildirdim👆

Özi bizga minglab odamlarning pasport maʼlumotlari öğirlanişiga va özining ruxsatisiz nomiga sim-kartalar olinişiga sababçi bölayotgan UzIMEI tizimi yetib ortadi. Yana bitta UzIMEI oğirlik qiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek