Bir kişi - bir ovoz prinsipiga qanday ötsa böladi?
Audio
0:00 / 3:39
❓Bir kişi - bir ovoz prinsipiga qanday ötsa böladi?
Umuman olganda buning texnologik yeçimi bor. Avval ham vazirlikka buni köp bora taklif qilganman.
Yuqorida tilga olingan UzIMEI tizimida siz qaysi kompaniya raqamidan foydalanişingizdan qatʼi nazar, ariza yuborilgan paytda tizim avtomatik ravişda şu telefon raqam kimning nomida ekanligini aniqlaydi va pasport maʼlumoti bilan soliştiradi.
Xuddi şu texnik yeçimni Openbudgetʼda ham qöllaş kerak. Yaʼni masalan men bitta raqamimdan ovoz bersam, keyingi boşqa raqamimdan qayta ovoz bermoqçi bölganimda, tizim avtomatik tekşirib, «Keçirasiz, hurmatli Xudoyberdiyev Xuşnud, siz avval falon raqamingizdan ovoz berib bölgansiz» degan ogohlantiriş çiqişi kerak.
Albatta, qöşimça tekşiriş maʼlum soniya vaqt oladi, balki serverga yana-da yuklama tuşirar. Lekin buyoği endi odamlarning emas, vazirlik muammosi, asosiysi bunga yeçim topsa böladi.
Muhimi, agar şunaqa tizim işga tuşsa, hozirgiga öxşab mingtalab sim-karta sotib olib, ovozni sunʼiy köpaytirişlarga çek qöyiladi. Umumiy ovozlar soni keskin kamayadi, ammo haqiqiy holat yuzaga çiqadi.
Balki şu bahonada nomimizga olingan va özimiz bexabar bölgan telefon raqamlarni ham aniqlab olarmiz.
👉 @xushnudbek 👈


