Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Openbudget sayti oçilmayotgani böyiça maʼlumot

Foto26-avgust, 2022, 21:032 daqiqa0 koʻrish

Openbudget sayti oçilmayotgani böyiça maʼlumot

24-avgust kunidan boşlab «Taşabbusli budjet» loyihasining navbatdagi mavsumi uçun ovoz beriş bosqiçiga start berilgandi.

Ammo bugun juda köpçilik sayt işlamayotganidan şikoyat qilib murojaat qilişdi. Moliya vazirligi bilan boğlanib, masalaga aniqlik kiritdim.

Haqiqatdan openbudget.uz sayti hozirda serverlar yuklamani kötara olmagani sababli oçilmayotgan ekan. Vazirlikning işontirib aytişiça, uşbu muammoni bartaraf etiş uçun jiddiy boş qotirilmoqda va yöqotilgan har bir daqiqa kompensatsiya qilib beriladi, yaʼni ovoz berişning oxirgi kuni uzilib qolgan muddat doirasida yana uzaytiriladi.

Nega serverlar kötara olmay qoldi, deb qiziqib kördim. Yuqoridagi rasmdagi statistikadan körinib turibdiki, ovoz beriş boşlangaç, saytga taşrif buyuruvçilar soni 10 baravar oşib ketgan.

Bugun, 26-avgust kuni 517 ming kişi taşrif buyurgan. Soliştiriş uçun aytaman, 2021-yili mandat çiqqan kuni (3-sentabr) DTM saytiga 414 ming kişi taşrif buyurgan ekan.

👏Yaʼni «Taşabbusli budjet» loyihasi xalq orasida şu darajada maşhur bölib ketdiki, hatto mandat kunidan ham köproq odam saytga taşrif buyurmoqda. Qoyil, faol xalqimizga şunçaki qoyil!

❗️Xullas, hurmatli faol va taşabbuskor fuqarolar! Openbudget sayti faoliyatini tiklaş işlari olib borilmoqda, bu ijobiy yakunlanişi bilan qöşimça xabar beriladi. Siz esa biroz dam olib, ovoz yiğiş uçun qöşimça kuçlarni tayyor qilib turing.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek