Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Bolagimizda ertak bölardi

Matn18-sentabr, 2022, 11:071 daqiqa0 koʻrish

Manba:Аслановдан иқтибослар +

Bolagimizda ertak bölardi.
Bir boy öğlini mehnatga örgatiş maqsadida işga beradi. Ammo bola işlamaydi va onasidan pul olib, maoşim deb olib kelib beradi.
Ota öşa pulni peçkaga taşlab yuboradi. Bola indamaydi. Şu holat bir neça marta takrorlanadi.
Oxiri bola rostanam işga borib, bir oy işlab, pul olib keladi. Ota boyagi işni takrorlaydi. Ammo bu safar, bola qölini kuydirib bölsayam, pulni ötning içidan oladi, «bu peşona terim, nima qilyapsiz» deb yiğlab yuboradi.

Qissadan xissa: Agar tuman qişloq, xuddi hozir «openbudget»ga pul yiqqandek, tuman byudjetini şakllantirsa, öşa yiğilgan puldan hokimga qimmatbaho maşina olişga yoki biror bayram tadbiri ötkazişga rozi bölarmidi? Xuddi öz  mablağidek, zaruriy ehtiyojlarga sarflaş uçun qatʼiy turarmidi yoki? Nima deb öylaysiz?
Aslida, byudjetdagi barça pullar ham şu şaklda yiğiladi, xalqning peşona teridan, tiyinlab yiğilgan soliqlardan şakllanadi. Va qaçondir, nafaqat oçiqbyudjet, balki butun byudjetdagi pullarga şunday munosabat şakllanadi, deputatlarimiz aynan şu bilan, yaʼni bevosita öz vazifasi bilan şuğullanişni boşlaşadi. Openbyudjet loyihasi esa, mana şuni his qiliş, budjet madaniyatini şakllantirişdagi boşlanğiç va muhim qadamlardan biri.

Şu mavzuda batafsil quyidagi podkastda tinglaşingiz mumkin. Tavsiya qilaman:

https://youtu.be/rQbxDnCIks0

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek