Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Tuman va şahar hokimliklariga qöşimça moliyaviy imkoniyatlar va vakolatlar berilmoqda

Matn23-dekabr, 2024, 13:391 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Tuman va şahar hokimliklariga qöşimça moliyaviy imkoniyatlar va vakolatlar berilmoqda

Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga köra, 2025-yil 1-yanvardan quyidagi soliq va tuşumlar töliq hajmda tuman (şahar)lar byudjetiga ötkaziladi:

🔹aylanmadan olinadigan soliq;
🔹yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
🔹yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği;
🔹davlat aktivlarini ijraga berişdan tuşumlar.

Şuningdek, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining kamida 50 foizi ham tuman (şahar)lar byudjetiga ötkaziladi.

🔰Bundan taşqari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegişli bölgan aksiyalar (uluşlar)ni sotişdan tuşgan mablağlarning 90 foizi Qoraqalpoğiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetiga va Toşkent şahrining şahar byudjetiga hamda obyekt joylaşgan tuman (şahar) byudjetiga teng uluşlarda taqsimlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek