Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Byudjet mablağlaridan foydalaniş ustidan moliyaviy nazorat kuçaytiriladi

Matn12-iyul, 2024, 20:391 daqiqa0 koʻrish

❗️Byudjet mablağlaridan foydalaniş ustidan moliyaviy nazorat kuçaytiriladi

Bu haqda Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga köra:

🔹Özbekistonning konsolidatsiyalaşgan byudjeti ijrosi taşqi auditdan ötkaziladi va natijasi böyiça tegişli xulosalar tayyorlanadi;

🔹2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yirik taşkilotlar faoliyatini auditdan ötkaziş amaliyoti yölga qöyiladi;

🔹strategik va axborot texnologiyalari auditi turlari joriy etiladi;

🔹 2025-yildan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamğarmalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablağlar böyiça maʼlumotlar tegişli xalq deputatlari Kengaşlariga taqdim etiladi;

🔹 2025-yil 1-yanvardan moliyaviy va boşqa xavflarning oldini oliş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yirik taşkilotlarda ularning birinçi rahbarlari boşçiligida kollegial asosda “Xavflarni boşqariş” qömitalari tuziladi;

🔹 Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tuzilmasida içki audit xizmatlari taşkil etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek