Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uçun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi
⚡️Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uçun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi
Bugun Şavkat Mirziyoyev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlikni kuçaytirişni közda tutuvçi qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari örinbosari Komil Allamjonov maʼlum qildi.
Unga köra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir şaklda maʼmuriy tarzda majburlaş uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar kuçaytirilmoqda.
Jumladan, umumiy holatda biror şaxsni majburiy mehnatga jalb etiş 30 mln sömgaça (100 baravar) jarimaga sabab bölsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qiliş 45 mln sömgaça (150 baravar) jarima bilan jazolanişi mumkin.
Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarşi harakat uçun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuçaytirildi. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga biron-bir şaklda maʼmuriy tarzda majburlaş uçun, agar xuddi şunday qilmiş uçun maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, 45 mln sömdan 60 mln sömgaça jarima yoki 3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari jazosi belgilandi.
Şuningdek, taʼlim taşkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşiş yoki öz xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qiliş uçun ham maʼmuriy javobgarlik kuçaytirildi. Endilikda bu qilmiş uçun fuqarolarga 2,1 mln sömdan 4,5 mln sömgaça jarima, mansabdor şaxslarga esa 3 mln sömdan 6 mln sömgaça jarima belgilanmoqda.
❗️Eʼtiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralaşiş uçun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda uşbu qilmişni takroran sodir etgan mansabdor şaxslarga 15 sutkagaça maʼmuriy qamoq belgilanişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

