Bir kişiga bir neçta saylov byulleteni berganlar javobgarlikka tortiladi
❗️Bir kişiga bir neçta saylov byulleteni berganlar javobgarlikka tortiladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (ÖRQ-953-son, 04.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar va qöşimça kiritildi.
➖ Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga kiritilgan özgartirişga köra, saylov komissiyasining yoki referendum ötkazuvçi komissiyaning aʼzosi tomonidan fuqaroga bir neça marta yoki boşqa şaxslar nomidan ovoz beriş uçun saylov (ovoz beriş) byulletenini berganlik uçun javobgarlik belgilandi.
➖ Şuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda iştirok etiş uçun ajratilgan davlat mablağlari böyiça Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki öz vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib notöğri maʼlumotlarni taqdim etganlik uçun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvçi qöşimça kiritildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈


