Noqonuniy psixologik yordam körsatganlik uçun javobgarlik belgilandi
❗️Noqonuniy psixologik yordam körsatganlik uçun javobgarlik belgilandi
Bu böyiça qonun prezident tomonidan imzolandi.
Bundan buyon psixologik yordam körsatiş bilan faqat psixologiya yönalişi böyiça oliy maʼlumotga ega şaxslargina şuğullana oladi. Mazkur qonun internet orqali turli psixologik trening ötkazadigan şaxslarga ham taalluqli böladi.
Agar psixologik yordam bunday huquqqa ega bölmagan şaxs tomonidan körsatilsa yoxud aholiga psixologik yordam körsatiş töğrisidagi qonunçilikda belgilangan çeklovlarga rioya etilmasa, quyidagiça jazo çorasi qöllanişi mumkin:
➖ fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça;
➖ mansabdor şaxslarga 10 baravaridan 15 baravarigaça jarima.
Şuningdek, xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa:
➖ fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça;
➖ mansabdor şaxslarga 15 baravaridan 25 baravarigaça jarima tayinlanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



