Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Şavkat Mirziyoyev Yaqin Şarqdagi uruş va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida gapirdi

Foto6-noyabr, 2024, 14:231 daqiqa0 koʻrish

Turkiy davlatlar taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşi majlisida Şavkat Mirziyoyev Yaqin Şarqda davom etayotgan adolatsiz uruş va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida gapirdi:

“Ğazo sektori va Livandagi misli körilmagan gumanitar fojiani, tinç aholiga qarşi vayronkor hujumlarni, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon bölayotganini heç narsa bilan oqlab bölmaydi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Falastin qoçoqlariga yordam beriş böyiça maxsus agentligi faoliyatini çeklaşga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoralaymiz.

Mazkur köp yillik nizoning yagona yeçimi – xalqaro meʼyoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq, 1967-yildagi çegaralar asosida, poytaxti Şarqiy Quddus bölgan mustaqil Falastin davlatini tuzişdir.

Keyingi hafta Ar-Riyod şahrida ötadigan arab-musulmon davlatlari sammitida bu muammoga aniq siyosiy yeçim topilişiga umid qilamiz”, — dedi davlatimiz rahbari.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek