Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Özbekistonda aralaş saylov tizimi joriy qilindi, endi 75 nafar deputat partiya röyxati asosida tayinlanadi

Matn20-dekabr, 2023, 14:562 daqiqa0 koʻrish

Özbekistonda aralaş saylov tizimi joriy qilindi, endi 75 nafar deputatlar saylanmaydi, balki partiya bergan röyxat asosida tayinlanadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (ÖRQ–883, 18.12.2023 y.) bilan saylov tizimiga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Endilikda Özbekistonda aralaş saylov tizimi amal qiladi. Yaʼni Qonunçilik palatasining 75 nafar deputati avvalgidek bevosita saylov orqali saylanadi, qolgan 75 nafar deputat esa saylovda olgan ovozlari soniga proporsional tarzda partiya bergan röyxat asosida tanlanadi.

Majoritar va proporsional saylov tizimi farqini mana bu yerda tuşuntirgan edik.

Yangi qonunga köra:

➖ Qonunçilik palatasi deputatlari saylovini ötkaziş uçun 75 ta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi;

➖ Qonunçilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan körsatilgan nomzodlar röyxati asosida Qonunçilik palatasiga saylov ötkaziş uçun Özbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi;

➖ Partiya röyxati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan röyxatga olinganidan keyin, uşbu röyxatga kiritilganlar deputatlikka nomzod maqomini oladi va ularga guvohnoma beriladi;

➖ Partiya röyxatiga kiritilgan nomzodlar uşbu siyosiy partiyaning aʼzolari yoki partiyasiz bölişi mumkin. Boşqa siyosiy partiyaning aʼzolari uşbu röyxatga kiritilişi mumkin emas;

➖ deputatlikka nomzodlarni tanlaş tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi;

➖ ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari böyiça, şuningdek partiya röyxati asosida siyosiy partiyadan körsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini taşkil etişi kerak. Bunda partiya röyxatidagi ketma-ketlikda kamida har 5 nafar nomzodning 2 nafari ayol kişi bölişi lozim.

✅ Şuningdek, yagona saylov okrugi böyiça saylanadigan Qonunçilik palatasining deputatlik örinlari uşbu saylovda iştirok etgan saylovçilar ovozlarining 7 va undan köproq foizini töplagan siyosiy partiyalar örtasida taqsimlanadi.

📁 Partiya röyxati böyiça saylangan deputatlar örtasida deputatlik mandatlarini taqsimlaş Markaziy saylov komissiyasi tomonidan röyxatga olingan partiya röyxatiga kiritilgan deputatlikka nomzodlar ketma-ketligiga muvofiq amalga oşiriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek