Fan olimpiadalari ğoliblariga beriladigan mukofot daromad soliğidan ozod qilinadi
Fan olimpiadalari ğoliblariga beriladigan mukofot daromad soliğidan ozod qilinadi
Şavkat Mirziyoyev keça maktabgaça taʼlimni rivojlantiriş, iqtidorli yoşlar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
✅ Taqdimotda quyidagilar taklif etildi:
• boğçalar qamrovini kengaytiriş maqsadida maktablarning böş yerlarida davlat-xususiy şeriklik asosida boğça qurişga ruxsat beriladi;
• boğçalardagi pedagoglarning katta qismi örta maxsus maʼlumotli. Şu sababli, bu yönalişdagi oliy taʼlimda dual taʼlim şakli oçiladi, sirtqi va keçki öquvlarda maqsadli kvotalar oşiriladi;
• öquvçilarni fan olimpiadalariga tayyorlaş doirasida terma jamoalarga çet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qöşma yiğinlar ötkaziladi;
• bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida ğolib bölgan öquvçilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oşiriladi;
• respublika va xalqaro olimpiadalarda ğolib bölgan öquvçilar, ularning öqituvçilari va terma jamoa rahbarlariga tölanadigan pul mukofotlari hamda sovğalar daromad soliğidan ozod etiladi.
👉 @xushnudbek 👈


