Fikr

Fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlarini öğirlayotgan jinoiy guruhlarning «tankasi» şunçalik kuçlimi?

Matn18-oktabr, 2022, 19:123 daqiqa0 koʻrish

​Fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlarini öğirlayotgan jinoiy guruhlarning "tankasi" şunçalik kuçlimi?

Juda köplab fuqarolar UzIMEI tizimi sababli şaxsiy maʼlumotlari öğirlangani haqida yozgan, şikoyat qilgan, dodlagan bölişiga qaramasdan, bunga qarşi tayinli çora körilgani yöq. Pastdagi suratda ham kuni-keça ana şunday fuqarolardan biri xorijga çiqib kelgaç, uning nomiga allaqaçon kimlardir IMEI-kod rasmiylaştirib olganidan nolimoqda.

Masalan, Hukumat şu çoqqaça eng oddiy usul — sizning pasport raqamingizga boşqalar IMEI-kod röyxatga olgan yoki olmaganini aniqlaş, agar şunaqa bölsa, unda bu IMEI-kodni öçiriş töğrisida onlayn ariza yuboruvçi platforma yarata olmadi.

Köçada esa şaxsiy maʼlumotlar öğriliklari hali-hamon davom etmoqda. Balki UzIMEI tepasida turgan masʼullar mundoq bir köçaga nazar solişganida edi, 20-30 dollar evaziga istalgan telefonning IMEI-kodini tizimga kiritib beriş xizmati mavjudligini bilgan bölardi. Balki bilar ham, unda nega kuraşmayapti?

Aslida agar xohiş bölsa, bunaqa platforma yaratişga uzoği 1-2 oy vaqt ketadi. Lekin salkam 2 yildan buyon şu işni qilmayotgan masʼullar kim tomon? Şaxsiy maʼlumotlari öğirlanayotgan fuqarolar tomonmi yoki qora bozor orqali haligaça minglab telefonlar olib kirib, noqonuniy IMEI-kod röyxatga oliş tizimini ham silliq yölga qöyib olgan jinoiy guruhlar tomonmi?

Kimdir menga bu borada haligaça qatʼiy çora körişga şoşilmayotgan masʼullar jinoiy tödalar tomonda emas, deb kafolat bera oladimi?

Masalaning boşqa tomoni begona insonning pasport maʼlumotlarini qölga kiritding, degani bu osongina IMEI-kodni röyxatga oliş mumkin degani emas. Buning uçun öşa pasport egasi nomiga olingan telefon raqam ham bölişi kerak. Demak, 2 ta variantdan biri: yoki jinoiy tödalar begonalar nomiga minglab telefon raqamlarni rasmiylaştirmoqda, yoki UzIMEI tizimidagi şaxslar orqali bu çeklovni aylanib ötişga "dostup" topişgan.

Ikkala holatda ham jinoiy qilmiş mavjud. Nega unda haligaça huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan yoki unisi, yoki bunisi böyiça qaqşatqiç çoralar körilmayapti? Nega? Nega? Nega?

Bunaqa rasvo tizimni yaratganlar sal uyalsa bölarmidi.

Lekin bilaman, gapirganimning baribir foydasi yöq. UzIMEI tizimi haqida yozgan avvalgi postlarim ham (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20) havoga uçgan. Nima qilamiz endi, peşonamizga bitgan şunaqa bitta bezbet tizimimiz borde, noiloj.

P.S.: Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022-yildagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatçilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga köra, ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va taşkilotlari hamda mansabdor şaxslar faoliyatini muhokama qilganim, mamlakatda amalga oşirilayotgan UZIMEI tizimi islohotini tanqid qilib, odamlarda bu tizimga işonçsizlik kayfiyatini yuzaga keltirişi mumkin bölgan materialni joylaştirganim uçun uzr sörayman. Endi har bir şunaqa tanqidimiz uçun oldindan uzr sörab qöymasak, kim bilsin, Odob komissiyasi ustimizdan iş oçib yubormasin yana.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek