Muhim

Homilador va yoş bolali talabalarga öqişni davom ettiriş uçun qöşimça imkoniyatlar beriladi

Matn3-mart, 2026, 23:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezident farmoniga köra, 2027-yildan 21 yoşda nikoh qurgan oilalarga moliyaviy kömak 1,5 baravar oşiriladi va davlat bojidan ozod etiladi.

Prezident farmoniga köra:

Homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalarga oliy taʼlim oliş uçun “ikkinçi imkoniyat” yaratiş maqsadida 2026/2027-öquv yilidan boşlab:

➖ kursdan kursga qolgan yoxud talabalar safidan çiqarilgan şaxslarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta özlaştiriş şarti bilan taʼlimni davom ettiriş imkoni yaratiladi;

➖ talabalar fanlar farqini mustaqil özlaştirişi uçun qöşimça muddat berilsin va boşqa zarur şart-şaroitlar taşkil etiladi.

***

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi uç oy muddatda quyidagilar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

• homilador talaba-qizlar yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalarga akademik taʼtil davrida, ularning xohişiga köra, masofaviy taʼlim şaklida öqişni davom ettiriş imkoniyatini yaratiş;

• masofaviy taʼlim şaklida kadrlar tayyorlaş böyiça taʼlim yönalişlari va qabul körsatkiçlarini oşiriş orqali homilador talaba-qizlar yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalarga taʼlimni davom ettiriş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş;

• akademik taʼtilga çiqqan, kursdan kursga qolgan va talabalar safidan çiqarilgan homilador talaba-qizlar yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalar yuzasidan alohida statistik maʼlumotlarni yuritiş.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek